SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filialning talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi”da taqdirlandi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filialning talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi”da taqdirlandi
Filialning talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi”da taqdirlandi
20-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumi boshlandi. Tadbirning ochilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri E.Qutıbaev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda ko‘plab talaba-yoshlar ishtirok etdi. Marosim doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida o‘zini ko‘rsatgan talabalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan ” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talabalari orasidan A.Jarmaganbetov I darajali, A.Abdikarimov va Y.Jumaxanov esa II darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni va guvohnomasi bilan taqdirlandi. Filial direktori A.Esimbetov talabalarning erishgan natijalari haqida fikr bildirib, shunday dedi: “Bunday yutuqlar yoshlarning faolligi va intilishlarini yanada oshiradi. Sportdagi muvaffaqiyatlar esa ularga qat’iyat, intizom hamda sog‘lom hayot tarzini shakllantirishda kuchli turtki bo‘lib xizmat qilmoqda.” Mazkur yutuq filialda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tibor amalda o‘z samarasini berayotganidan dalolatdir.