Qog‘ozga tushgan har bir satr – millat qalbining aksi
Bugungi kunda axborot maydonida raqamli texnologiyalar tobora kuchayib borayotgani hech kimga sir emas. Bir qarashda internet va ijtimoiy tarmoqlar matbuotning o‘rnini bosgandek tuyuladi. Ammo vaqt va tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, gazeta – bu shunchaki axborot vositasi emas, balki xalqning ko‘p asrlik ma’naviy merosi, tafakkur oynasi sifatida o‘z qadrini saqlab qolmoqda.
19 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Press yarmarka” haftaligida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari, axborot resurs markazi xodimlari, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etdi.
Ushbu tadbir davomida ular turli gazeta va jurnallar bilan yaqindan tanishdilar, obuna jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar hamda matbuotning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida o‘zaro fikr almashdilar. Bu ishtirok oddiy tashrifdan ancha yuqori ahamiyat kasb etdi, u ma’naviy dunyoqarashni boyitdi va gazeta sahifalarining beqiyos qadrini yanada teran his ettirdi.
Shubhasiz, raqamli davrda internet va ijtimoiy tarmoqlar ko‘pchilikning kundalik hayotiga kirib kelgan bo‘lsa-da, gazeta o‘qishning o‘rni va lazzati butunlay o‘zga. Gazeta – bu xalq xotirasi, ma’naviyat va madaniyat oynasi. Uning sahifalarida islohotlar manzarasi, til va uslub go‘zalligi, yurt hayotining haqqoniy aksi mujassamdir.
Aynan shu ma’noda, “Qoraqalpog‘iston yoshlari” gazetasi jamoasiga alohida minnatdorlik bildirish o‘rinlidir. Chunki mazkur nashr Nukus filiali hayotini, talabalarining yutuq va tashabbuslarini doimiy ravishda yoritib kelmoqda. Ularning mehnati yoshlarning ruhini ko‘tarib, ma’naviy intilishlariga kuch bag‘ishlamoqda.
Tarix shundan guvohki, vaqt o‘tishi bilan texnologiyalar o‘zgarishi mumkin, ammo gazeta qadri hech qachon yo‘qolmaydi. Chunki gazeta – bu millatning hayotiy qiyofasi, qalb va tafakkurining ifodasidir.
“Gazeta hech qachon o‘lmaydi. Chunki u qog‘ozga tushgan satr emas – u millat xotirasi, xalqning hayoti, yurtning ertasiga bitilgan tarixdir.”
Shu o‘rinda barchani – professor-o‘qituvchilarni, xodimlarni, ayniqsa yoshlarimizni gazetalar obunasiga chorlaymiz. Obuna – bu qog‘oz xaridi emas, balki ma’naviyatga qo‘shilgan hissa, yurt kelajagiga bag‘ishlangan sadoqat ramzidir.







скачать dle 12.1