Filialida ekovolontyorlar harakati yo‘lga qo‘yildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar tashabbusi bilan ekovolontyorlar harakati tashkil etildi. Ushbu harakatning asosiy maqsadi – talabalarda ekologik ong va madaniyatni yuksaltirish, ularni atrof-muhitni asrashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarga jalb etishdan iborat.
Ekovolontyorlik yo‘nalishi doirasida talabalarning ekologik masalalarga nisbatan mas’uliyatini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, seminar va treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, filialda “Yashil hudud” yaratish, daraxt ekish, hududlarni tozalash aksiyalari, ekologik marafon va eko-festivallar ham muntazam yo‘lga qo‘yiladi.
Ekologik madaniyatni keng targ‘ib qilish maqsadida talabalarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi oshiriladi, aholi o‘rtasida ekologik savodxonlikni ko‘tarishga xizmat qiluvchi axborot kampaniyalari tashkil etiladi. Bundan tashqari, sohada tajribaga ega mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazilib, talabalar ekologik loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mazkur harakat filial talabalari uchun nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z hissasini qo‘shish, balki yoshlarning ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.




скачать dle 12.1