Yo‘l harakati madaniyati – yoshlarning hayotiy mas’uliyati
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar uchun yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori, leytenant B.Zinelbaev, filial profilaktika inspektori kapitan Q.Qayipnazarov, Nukus veterinariya texnikumi direktor o‘rinbosari B.Qalqorazov ishtirok etdi. Majlisni “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov ochib berdi.
Uchrashuv davomida qoidabuzarliklar oqibatida yuzaga keladigan yo‘l-transport hodisalari haqida batafsil so‘z yuritildi, ularning oldini olish choralari ham tahlil qilindi. Mutaxassislar tezlikni oshirish, hujjatsiz transport boshqarish, mast holda rulga o‘tirish kabi xavfli omillarning oqibatlarini misollar orqali tushuntirib, yoshlarda hushyorlik va mas’uliyatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab skuter va mototsikllarni boshqarishda “A” toifa guvohnomasi majburiy bo‘lishi ta’kidlandi. Tadbir jarayoni talabalar uchun nafaqat muhim bilim manbai, balki o‘z hayot xavfsizligini ta’minlash yo‘lida esda qolarli saboq bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.





скачать dle 12.1