SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Qalqon” jamoatchilik guruhi uchun munosiblar tanlab olindi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Qalqon” jamoatchilik guruhi uchun munosiblar tanlab olindi
“Qalqon” jamoatchilik guruhi uchun munosiblar tanlab olindi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Qalqon” jamoatchilik guruhini shakllantirish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Tadbirda filial direktorining maslahatchisi R.Boboev, profilaktika inspektori kapitan Q.Qayipnazarov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi B.Xojabergenov ishtirok etdi. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan jarayonda “Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga qo‘shilish istagida bo‘lgan talabalar o‘z bilim va qiziqishlarini namoyon etishdi. Saralash mezonlariga ko‘ra, faol va ziyrak talabalar, askariy bilimlarga qiziqadigan, jamoaviy ishlashga tayyor, tashabbuskor va intiluvchan yoshlar tanlov sinovlarida o‘zini namoyon etdi. Ularning shijoati, tartib-intizomga bo‘lgan munosabati hamda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga bel bog‘lagan qat’iyati saralashda asosiy mezonlardan biri bo‘ldi. Baholashda talabalarning jamoada ishlash ko‘nikmalari, mas’uliyat hissi va shijoati inobatga olindi. Natijada 20 nafar o‘rin uchun saralash yakunida 18 nafar eng munosib talaba “Qalqon” jamoatchilik guruhiga qabul qilindi. Filial rahbariyati jarayonni yoshlar orasida vatanparvarlikni kuchaytirish, tartib-intizomni mustahkamlash va sog‘lom muhit yaratishda muhim qadam sifatida baholadi. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti esa guruh faoliyati orqali talabalarda birdamlik va ijobiy kayfiyatni yuksaltirishni maqsad qilganini bildirdi.