SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Yangi o‘quv yili – yangi g‘alabalar bilan boshlanmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Yangi o‘quv yili – yangi g‘alabalar bilan boshlanmoqda
Yangi o‘quv yili – yangi g‘alabalar bilan boshlanmoqda
Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali yoshlar hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Festival doirasida o‘quvchi, talaba va turli sohalarda faol bo‘lgan yoshlar o‘z qobiliyatlarini namoyish etmoqda. Mazkur tadbirlar qatorida Respublika Yoshlar markazida o‘tkazilgan “Munozara” intellektual o‘yini ham katta qiziqish uyg‘otdi. Unda bilimdon va tashabbuskor yoshlar o‘z fikrini himoya qilib, dalillar bilan isbotlash mahoratini ko‘rsatdilar. Quvonarlisi shundaki, filialimiz talabalaridan iborat jamoa ikkinchi o‘rinni egallab, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu natija nafaqat jamoa a’zolari, balki barcha talabalarga kuchli motivatsiya beradi. Alohida ta’kidlash joizki, mazkur talabalar muntazam ravishda munozara musobaqalarida faol qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ularning bilimga chanqoqligi va izchil mehnati yana bir bor o‘z samarasini berdi. Jamoadagi faol talabalaridan biri Bibinur Bazarbaeva o‘z fikrida shunday deydi: – Biz har bir munozarada bor bilim va kuchimizni safarbar qilamiz. Bu safargi natija ham mehnatimizning samarasidir. Doimiy g‘alabalarimiz bizni yanada mas’uliyatli qiladi va yangi marralar sari undaydi. Yangi o‘quv yilining dastlabki kunlaridan boshlab shunday yutuqlarga erishish esa, albatta, butun talabalar jamoasi uchun ijobiy yangilik bo‘ldi.