Mustaqillik darslari yangi o‘quv yiliga qadam
Bugun yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalari singari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar uchun yangi o‘quv yili hayajon bilan boshlandi.
Talabalik hayotiga ilk qadam qo‘ygan yoshlar uchun 2025–2026-o‘quv yilining boshlanishi ramziy ahamiyat kasb etdi — ularning talabalikdagi ilk kuni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Tadbir “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida o‘tkazildi.
Filial direktori A.Esimbetov o‘z nutqida yoshlarga samimiy tilaklar bildirdi. U talabalarga oliygoh hayoti, ta’lim jarayoni va intizomiy qoidalar haqida atroflicha ma’lumot berar ekan, ularni bilimga chanqoqlik, mas’uliyat va Vatanga muhabbat ruhida yashashga undadi.
“Mustaqillik darslari” — bu shunchaki o‘quv mashg‘uloti emas. U yoshlar qalbiga istiqlol qadriyatlarini singdiradigan, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadigan ma’naviy saboqdir.
Bugungi talaba uchun u orzular sari ochilgan yorug‘ eshik, kelajak yo‘liga qo‘yilgan ilk dadil qadamlardir.
Biz ham o‘z navbatida beg‘ubor orzular bilan talabalik yo‘liga qadam qo‘ygan yoshlarni chin dildan qutlaymiz. Ularga ilm olish yo‘lida qat’iyat, ijodiy izlanishlarda omad va Vatan ravnaqi yo‘lida ulkan yutuqlar tilaymiz.









скачать dle 12.1