SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Ma’rifat – yoshlar qalqoni, qadriyat – taraqqiyot mezoni » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Ma’rifat – yoshlar qalqoni, qadriyat – taraqqiyot mezoni
Ma’rifat – yoshlar qalqoni, qadriyat – taraqqiyot mezoni
“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzulariga bag‘ishlangan uchrashuv Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining birinchi bosqich talabalari ishtirokida tashkil etildi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari X.Abdijaliyev boshchiligidagi muloqotda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Jamalov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi targ‘ibot guruhi a’zosi Q.Mambetov qatnashdi. Talabalar bilan yuzma-yuz suhbat davomida ma’ruzachilar yoshlarni zararli oqimlardan himoya qilish, ularda mustaqil fikrlash va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish zarurligini ta’kidladilar. '
Ularning qayd etishicha, ma’rifat – nafaqat inson ongini yuksaltiradi, balki jaholatni yengishning eng kuchli yo‘lidir.
Samimiy savol-javoblar bilan boyigan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan javob olishdi. Bu muloqot ularga bilim va ma’lumot berish bilangina cheklanmay, balki hayotiy qarorlar qabul qilishda mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qiladi.