SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Yoshlar bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va harbiy sohaga qiziqish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Yoshlar bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va harbiy sohaga qiziqish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
Yoshlar bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va harbiy sohaga qiziqish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalaffot o‘tkazishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari X.Abdijaliyev ochib berdi.
U o‘z nutqida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurati haqida gapirdi. Shundan so‘ng Nukus shahar FVB tezkor bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan J.Turaev va filial profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarovlar talabalar bilan suhbatlashib, mavsum davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini tushuntirdilar.
Ular yoshlarni hushyorlikka, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdilar. Tadbir davomida, shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish va ularni harbiy sohaga qiziqtirish masalalariga alohida urg‘u qaratildi. Talabalarga mustaqil fikrlash, qat’iyat va mas’uliyat bilan yondashish orqali Vatanga sodiq, bilimli mutaxassis bo‘lib yetishish zarurligi eslatib o‘tildi.