Yuqori kurs talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi
Bugun, 8-sentabr kuni yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalarining 2025/2026-o‘quv yili uchun dars mashg‘ulotlari boshlandi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham 2-, 3- va 4-bosqich talabalari uchun Mustaqillik darslari tashkil etildi. Mazkur darslarda O‘zbekiston mustaqilligining mazmun-mohiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyat haqida so‘z yuritildi. Talabalarga mustaqillik – bu nafaqat tarixiy voqelik, balki har bir fuqaroning kundalik hayotida erkinlik, mas’uliyat va bunyodkorlik ramzi ekani uqtirildi.
Eslatib o‘tish joiz, 3-sentabrdan boshlab filialga yangi qadam qo‘ygan birinchi bosqich talabalarining mashg‘ulotlari ham start olgan edi. Ular uchun ham Mustaqillik darslari o‘tkazilib, yoshlarga Vatanimiz istiqlolining tarixiy ahamiyati, bugungi bunyodkorlik jarayonlari va kelajakdagi vazifalar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Dars jarayonlarida professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar vakillari talabalarga ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda muhim fikrlarni yetkazib, ularni Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishga chorladilar. Shu bilan birga, mustaqillik g‘oyalarini chuqur anglash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yoshlar ongiga singdirish bugungi darslarning asosiy maqsadi etib belgilandi. nFilialda o‘tkazilgan Mustaqillik darslari talabalarda yurtga mehr, xalq oldidagi burchni his etish va mas’uliyat bilan o‘qishga yondashish ruhini kuchaytirdi.












скачать dle 12.1