Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘tkazilgan "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xolis shanbalik bo‘yicha
2025-yil 22-23-avgust kuni Nukus shahridagi "Gulzor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali xodimlari va talaba yoshlari tomonidan "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xolis shanbalikda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori A.Esimbetov so‘zga chiqib, yashab turgan hududimizning ekologik holatini yaxshilash va atrof-muhitning tozaligini ta’minlash maqsadida respublikamiz bo‘ylab tashkil etilgan "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xolis hashar haqida va bu aksiyaga talaba-yoshlarimiz va xodimlarimiz o‘z hissalarini qo‘shayotganligi haqida aytib, bu amalga oshirilayotgan ezgu niyatli ishlar ona tabiatimizni asrashga o‘z hissasini qo‘shishi bilan ahamiyatli. Yashab turgan makonimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlodlar ham munosib tabiiy sharoitda yashashi uchun bugundan tabiatga mehr va e’tibor berishi lozimligini aytib o‘tdi. O‘tkazilgan "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xolis shanbalik bo‘yichaскачать dle 12.1