Talabalar yozgi oromgohida futbol musobaqasi o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da talabalar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqa oromgohda hordiq chiqarayotgan yoshlar uchun chinakam sport bayramiga aylandi. Unda turli oliy ta’lim muassasalarining talabalari faol ishtirok etib, o‘z jamoaviylik ko‘nikmalari, tezkorlik va chaqqonlikdagi salohiyatlarini namoyish etdilar.
Musobaqa jarayonida har bir jamoa g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq bilan harakat qilib, qizg‘in va zavqli bahslar olib bordi. O‘yinlar sportning barcha qoidalariga rioya qilingan holda, do‘stona va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi.
Tomoshabinlar esa futbol uchrashuvlarini katta qiziqish bilan kuzatib, o‘z jamoalariga faol muxlislik qildilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalar aniqlanib, ular esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.
Bunday sport tadbirlari talabalarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda jamoadagi o‘zaro hurmat, birdamlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




скачать dle 12.1