SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Talabalar yozgi oromgohida voleybol musobaqasi tashkil etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Talabalar yozgi oromgohida voleybol musobaqasi tashkil etildi
Talabalar yozgi oromgohida voleybol musobaqasi tashkil etildi
“Dolzarb 90 kun” doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Sport bellashuvi talabalar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularni do‘stona va jamoaviy ruhda harakat qilishga o‘rgatish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishga xizmat qildi. Musobaqada oromgohda hordiq chiqarayotgan turli oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi. Bahslar qizg‘in va murosasiz kechdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun jonbozlik ko‘rsatib, o‘z mahoratini namoyon etdi. Tomoshabinlar esa har bir setni katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordi. Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki talabalarda sog‘lom turmush tarziga intilish, irodalilik va jamoaviylik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tashkil etilayotgan har bir tadbir yoshlarda yangi iqtidor va qobiliyatlarni yuzaga chiqarishga, ular orasida sog‘lom raqobat va do‘stlik muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.