Yozgi oromgohda yoshlar faolligi munosib baholandi
“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni intellektual va jismoniy rivojlanishga yo‘naltirish maqsadida Yozgi oromgoh hududida qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari Abdijaliyev Xamza so‘zga chiqib, bu kabi tashabbuslarning yoshlar hayotida tutgan o‘rni, ularni yetuk, faol va ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida shakllantirishdagi ahamiyati haqida alohida to‘xtaldi.
Dastur doirasida sport musobaqalari, kitobxonlik tanlovlari, viktorinalar va intellektual o‘yinlar tashkil etilib, talabalar o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etishdi. Bu tadbirlar nafaqat raqobat ruhini kuchaytirdi, balki jamoaviylik, do‘stlik va o‘zaro hurmat muhitini shakllantirdi.
Tadbirlar yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar uchun tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Faxriy diplomlar, esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshirildi. Ushbu e’tibor yoshlarda katta quvonch va kelajakdagi marralar sari intilish uchun kuchli motivatsiya uyg‘otdi.
Shubhasiz, bunday tashabbuslar yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqaradi va har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishlariga zamin yaratadi.









скачать dle 12.1