SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Oilada ayol-qizlarning o‘rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Oilada ayol-qizlarning o‘rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi
Oilada ayol-qizlarning o‘rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Dolzarb 90 kun” doirasida navbatdagi ijtimoiy-ma’naviy yo‘nalishdagi tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsi filialning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Z.Dawletova rahbarligida “Oilada ayol-qizlarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilib, unda filialning professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari va texnik xodimlari faol ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yosh avlod, xususan, ayol-qizlarning oila institutidagi tutgan o‘rni, ularning ijtimoiy faolligi, ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasi, shuningdek, zamonaviy jamiyatda tutgan mavqeini chuqur tahlil qilish ва mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Z.Dawletova o‘z chiqishida ayolning oiladagi roli nafaqat farzand tarbiyasi, balki jamiyatning axloqiy-ruhiy barqarorligi uchun ham beqiyos ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. “Agar jamiyatning kelajagi haqida qayg‘uradigan bo‘lsak, avvalo ayollar – onalar taqdiriga, ularning bilim va tarbiyasiga befarq bo‘lmasligimiz zarur,” — deya qayd etdi u.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Yosh qizlarga hayotda o‘z o‘rnini topish, zamonaviy jamiyatda faol bo‘lish, o‘zini rivojlantirish va ijtimoiy hayotda yetakchilikni qo‘lga kiritish borasida foydali maslahatlar berildi.
Shuningdek, xalqimiz qadriyatlarida ayol zotiga bo‘lgan ehtirom, hurmat, ona siymosi va mehr-oqibat tushunchalari ham muhim o‘rin tutishi haqida fikr almashildi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbir savol-javoblar, interaktiv suhbatlar bilan yanada jonli ruhda o‘tdi.
Talabalar ushbu uchrashuvdan chuqur hayajon va ijobiy taassurotlar bilan qaytishdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashda, ayol-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.