Dolzarb 90 kun” doirasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, “Dolzarb 90 kun” qator ma’naviy, madaniy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday ezgu tashabbus doirasida talaba-yoshlarni sportga keng jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida sportning aqliy yo‘nalishlari – shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqada Zooinjeneriya (qorako‘lchilik) yo‘nalishi 3-bosqich, 307-guruh talabalari faol ishtirok etdilar. Bellashuv jarayonida talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, tezkor qaror qabul, qilish ko‘nikmalari va strategik yondashuvlarini namoyon etdilar. Intellektual kurashlar murosasiz va qizg‘in ruhda o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalarga erishildi:
1-o‘rin — M.Sarsenbayev;
2-o‘rin — J.Eshniyazova;
3-o‘rin — Z.Allambergenova.
G‘olib ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev so‘zga chiqqib, talaba-yoshlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlarini ommalashtirish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish borasidagi bu kabi tashabbuslarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.
Ushbu musobaqa nafaqat talabalarning bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazishga xizmat qildi, balki ular o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va sog‘lom raqobat ruhini shakllantirdi. Shuningdek, talabalarning aqliy salohiyatini rivojlantirishga ham munosib hissa qo‘shdi.
Musobaqa g‘oliblarini tabriklaymiz hamda ularga o‘qish va shaxsiy hayotlarida ulkan yutuqlar tilaymiz!
скачать dle 12.1