Kitob jumbog‘i: fikrlar bellashuvi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar o‘rtasida navbatdagi intellektual va ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Kitob nomini top!” deb nomlangan viktorina Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan tashkil etilib, ishtirokchilarni kitobga bo‘lgan mehr, topqirlik va tafakkur asosida sinovdan o‘tkazdi. Tadbirda Axborot xizmati rahbari Z.Xojamuratova, Axborot-resurs markazi xodimasi R.Bekmuratova, tyutor J.Mambetniyazov hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi. Dastlab, Axborot xizmati rahbari Z.Xojamuratova so‘zga chiqib, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kutubxona negizida amalga oshirilayotgan qator tadbirlar haqida ma’lumot berar ekan, ushbu tashabbuslarning yoshlar tafakkurini boyitish, ularni kitob o‘qishga keng jalb etishdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Viktorina ikki bosqichda o‘tkazildi:
1-Suratni topish orqali kitob nomini aniqlash.
Birinchi shartda ishtirokchilarga ekranda turli ramziy suratlar namoyish etildi. Har bir surat ma’lum bir asar yoki roman mazmuniga ishora qilgan bo‘lib, talabalar tasavvur va mantiqiy fikrlash orqali ushbu rasm ortida yashiringan kitob nomini topishlari lozim edi.
2-Qutilardagi ishoraviy buyumlar orqali asar nomini topish.
Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilarga ichida har xil buyumlar joylashtirilgan qutilar taqdim etildi. Bu vositalar mashhur asar yoki kitob nomiga ishora bo‘lib, talabalar aynan shu belgilar orqali to‘g‘ri javobni topishga urinib ko‘rishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar faollik, topqirlik va kitobga bo‘lgan qiziqishini namoyon etib, har bir shartda o‘z bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuv jarayoni iliq muhitda, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash ruhida o‘tdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan barcha talabalar iliq minnatdorchilik bilan taqdirlandi. Ayniqsa, o‘zining bilimdonligi va topqirligi bilan ajralib chiqqan bir nafar eng faol ishtirokchiga kitob sovg‘a qilindi.










Axborot xizmatiскачать dle 12.1