SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Zakovat – bilimdonlar bahsi: “Dolzarb 90 kun” doirasida intellektual o‘yin tashkil etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Zakovat – bilimdonlar bahsi: “Dolzarb 90 kun” doirasida intellektual o‘yin tashkil etildi
Zakovat – bilimdonlar bahsi: “Dolzarb 90 kun” doirasida intellektual o‘yin tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga filial tyutorlari boshchilik qildi. Intellektual o‘yin shaklida o‘tkazilgan “Zakovat Quiz” musobaqasi talabalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilim va tafakkur darajasini sinovdan o‘tkazish barobarida jamoaviy ishlash, mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
— “Dolzarb 90 kun” doirasidagi bunday tadbirlar talabalarning erkin fikrlashi, faolligi va intellektual o‘sishi uchun muhim omil bo‘lmoqda, — deydi tyutorlardan biri J. Mambetniyazov. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 307-guruh talabalari birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa “Pozitiv” jamoasi sazovor bo‘ldi, uchinchi o‘rin esa 303-guruhga nasib etdi. G‘olib jamoalarga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir nafaqat talabalarning bilim darajasini oshirishga, balki ular orasida do‘stona muhit va sog‘lom raqobatni shakllantirishga xizmat qildi. Bunday intellektual loyihalar yoshlarda liderlik fazilatlarini rivojlantirish, jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantirish va eng asosiysi — o‘z salohiyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga zamin yaratadi.