“Dolzarb 90 kun” doirasida intellektual sport bellashuvi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, tafakkurini charxlash va fikrlash madaniyatini rivojlantirish maqsadida qator sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan filialda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tashabbusi bilan navbatdagi sport musobaqasi — “Direktor kubogi” shiori ostida o‘g‘il bolalar o‘rtasida shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tashkil etildi. Musobaqa jarayonida talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, tezkor qaror qabul qilish salohiyati va sportga bo‘lgan yuqori qiziqishlarini namoyon etishdi.
Ayniqsa, har bir yurish orqasida chuqur o‘ylangan strategiyalar, sabr-toqat va intellektual kurash muhitni yanada boy va qiziqarli ruhda o‘tishiga sabab bo‘ldi.
Tadbir yakunida g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom bilan taqdirlandi. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, mantiqiy fikrlash va tafakkurni charxlash, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish yo‘lida yana bir samarali tashabbus bo‘ldi.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan har bir intellektual va jismoniy faoliyat talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama yetuk, bilimli va tashabbuskor etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda.
скачать dle 12.1