“Dolzarb 90 kun” doirasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Sport bellashuvi jarayonida ishtirokchilar o‘z mahoratlari, chaqqonligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etishdi. G‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin – 304-guruh talabasi K.Maksimov
2-o‘rin – 301-guruh talabasi A. Ziynatdinov
3-o‘rin – 308-guruh talabasi M.Turdimuratov
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – 304-guruh talabasi D.Aytjanova
2-o‘rin – 303-guruh talabasi S.Qoyshiboyeva
3-o‘rin – 303-guruh talabasi J.Daribaeva
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom bilan taqdirlandi. Mazkur sport musobaqasi talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, ularni sportga jalb etish va jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi.










Axborot xizmatiскачать dle 12.1