SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Kitobni top” viktorinasi: bilim, topqirlik va kitobsevarlik uyg‘unligi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Kitobni top” viktorinasi: bilim, topqirlik va kitobsevarlik uyg‘unligi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida navbatdagi qiziqarli va bilimga boy tadbir — “Kitobni top” nomli viktorina tashkil etildi.
Tadbirni Axborot-resurs markazi boshlig‘i Z.Erlepesova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kutubxona muhitida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yoshlar tafakkurini boyitishdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Viktorina elektron shaklda, zamonaviy yondashuv asosida o‘tkazildi. Ishtirokchilarga monitor orqali mashhur badiiy asarlarning muqovasi yoki undagi asosiy sahna aks ettirilgan rasmlar namoyish etildi. Talabalar esa ushbu tasvirlarga qarab, asarning nomini to‘g‘ri topishga harakat qilishdi.
Tadbir jarayoni jonli bahs-munozaralarga, topqirlik va tezkor fikrlashga boy tarzda o‘tdi. Talabalar nafaqat kitoblar haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, balki bir-birlarining fikrlarini ham faol tarzda qo‘llab-quvvatlashdi.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchi g‘olib deb topilib, Axborot-resurs markazi tomonidan esdalik kitob sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir talabalar orasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga, kutubxonadan faol foydalanishga va o‘zaro fikr almashish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.