Zooinjeneriya yo‘nalishidagi magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi
2025-yil 16-iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida magistratura bosqichi bitiruvchi kurs magistrantlarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda “Chorvachilik” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan 3 nafar magistrant o‘z ilmiy izlanish natijalarini taqdim etdi. Ularning tadqiqot mavzulari dolzarbligi, amaliy ahamiyati hamda ilmiy yondashuvlari bilan ajralib turdi.
Jumladan, quyidagi mavzularda dissertatsiyalar himoya qilindi: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligida intensiv baliqchilikni rivojlantirishda yangi texnologiyalar va uning kelajagi” “Turli og‘irlikdagi tuxumlarning inkubatsiyalanish jarayoniga tashqi muhitning ta’siri” “Bir o‘rkachli tuyalarning sut mahsuldorligini o‘rganish usullari” Himoya jarayoni ochiq va shaffof muhitda, belgilangan tartib asosida tashkil etildi.
Ilmiy rahbarlar, mutaxassislar va komissiya a’zolari tomonidan magistrantlarning ishiga yuqori baho berildi.Mazkur dissertatsiyalar nafaqat ilmiy-nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining chorvachilik va baliqchilik tarmoqlari rivojiga hissa qo‘shishi mumkin. Bitiruvchi magistrantlarga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida va amaliy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ularning mehnati va izlanishlari zamonaviy chorvachilik sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.
скачать dle 12.1