SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Abdulla Oripov hayoti – yoshlar nigohida » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kino kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Qahramoni, atoqli shoir Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Talabalar ushbu kino orqali shoirning hayotiy kurashi, vatanparvarlik ruhidagi asarlari va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarda katta taassurot qoldirgan ushbu kino kechasi ularning tafakkurini boyitib, ma’naviy yetuklik sari yana bir muhim qadam bo‘ldi. Filialda bu kabi targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettiriladi.