“Zakovat Quiz” – bilim va tafakkur sinovi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida bilimga chanqoq talabalari hamda “Gulzor” MFY uyushmagan yoshlari o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev ochib berib, ushbu loyihaning yoshlarning tafakkurini boyitish, mantiqiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Bellashuv qiziqarli savol-javoblar, tezkor fikrlash va faollik ruhida o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. G‘olib jamoalar rag‘batlantirildi.
Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularni erkin fikrlashga undash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. “Zakovat Quiz” o‘yini talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular uchun foydali bilim manbai bo‘ldi.
Filialda yoshlar o‘rtasida intellektual va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam o‘tkazish orqali ularning har tomonlama yetuk, bilimli va faol bo‘lib voyaga yetishlariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
скачать dle 12.1