Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash – dolzarb vazifa
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni hayotga tayyorlashga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-qizlar o‘rtasida “Yoshlarni oilaga tayyorlash” mavzusida seminar tashkil etildi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev tadbirni ochib berdi.
Tadbirda filialning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Dawletova tomonidan oilaviy hayotga tayyorgarlik, sog‘lom oila qurish, o‘zaro hurmat, sabr-toqat va mehr-oqibat kabi qadriyatlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Seminar davomida filial psixologi ishtirokida talabalar uchun psixologik testlar va interaktiv o‘yinlar tashkil etildi. Bu esa talabalarning faolligini oshirib, ularda o‘zini anglash, fikr almashish va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
Tadbir ochiq muloqot va iliq muhitda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday tashabbuslar yoshlarning hayotga ongli yondashuvi, ma’naviy yetuk va mas’uliyatli bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.
скачать dle 12.1