SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Kasaba uyushmalarining amaliy tajribalari muhokama etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Kasaba uyushmalarining amaliy tajribalari muhokama etildi
Kasaba uyushmalarining amaliy tajribalari muhokama etildi
Bugungi kunda xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalari muhim ijtimoiy institut sifatida faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, jamoa shartnomalarining amaliy hayotdagi o‘rni va samarasi ortib borayotgani ayni haqiqat. Shu maqsadda, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Kasaba uyushmasi faoliyatida jamoa shartnomalarining o‘rni, mehnat muhofazasi va xavfsizlik masalalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi E.Seytnazarov ochib berdi. Unda Qoraqalpog‘istonning turli tumanlaridan tashrif buyurgan 23 nafar boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislari va filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev ham ishtirok etdi. Seminarda kasaba uyushmalari ishini tashkil etish, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va mehnat muhofazasi borasida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi G.Kazaxbayeva o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, hujjatlarni ko‘rsatdi. Tadbir ishtirokchilar uchun foydali va amaliy jihatdan samarali bo‘ldi.Axborot xizmati