“Dolzarb 90 kun” doirasida talabalar kitob bilan do‘stlashmoqda
Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobga, bilimga va ijodga qiziqtirish maqsadida joriy yil 1-iyundan 30-avgustgacha davom etadigan “Dolzarb 90 kun” loyihasi keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida Samarqand davlat veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Filial Axborot-resurs markazida talabalar o‘rtasida “Men sevib o‘qigan asar” mavzusida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Tadbirni Axborot-resurs markazi rahbari Z.Erlepesova ochib berib, kitobning hayotdagi o‘rni, yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi roli haqida so‘z yuritdi.
Tanlov davomida talabalar o‘zlari sevib o‘qigan badiiy asarlar haqida so‘zlab, ularning mazmuni, qahramonlar obrazlari, asardan olgan saboqlari va hayotiy xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. Baholash jarayoni adolatli va shaffof o‘tib, har bir ishtirokchining chiqishi alohida baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – Z.Zaripbayeva (2-bosqich, 202-guruh)
2-o‘rin – M.Aminova (3-bosqich, 305-guruh)
3-o‘rin – A.Abdinaymova (3-bosqich, 304-guruh)
🏆G‘oliblar kitoblar va diplomlar bilan taqdirlandi. Bu kabi tadbirlar talabalarning tafakkurini charxlash, ularni mustaqil fikrlashga, kitobni hayotiy do‘st sifatida qadrlashga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
скачать dle 12.1