SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Dolzarb 90 kun” doirasida talabalar futbol uchrashuvini birgalikda tomosha qilishdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Dolzarb 90 kun” doirasida talabalar futbol uchrashuvini birgalikda tomosha qilishdi
“Dolzarb 90 kun” doirasida talabalar futbol uchrashuvini birgalikda tomosha qilishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi va uning doirasida yurtimiz bo‘ylab yoshlar uchun turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, Filialda ham talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. 10-iyun kuni tashkil etilgan navbatdagi tadbirda talabalar o‘z ustozlari bilan birgalikda O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga saralash bosqichidagi muhim uchrashuvini birgalikda tomosha qilishdi. Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan va Qatarga qarshi o‘ynalgan ushbu bahs talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Futbol uchrashuvi davomida talabalar milliy terma jamoamizni jo‘shqin ruhda qo‘llab-quvvatlashdi, o‘yindan ijobiy emotsiyalar, motivatsiya va unutilmas taassurotlar olishdi. Jamoamizning Qatar ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishi esa ularning quvonchini yanada oshirdi. Mazkur tadbir “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar uchun tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy faoliyatlarning samaradorligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom, faol va ijtimoiy jihatdan yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qilayotgan bunday loyihalar har tomonlama ahamiyatlidir.