Zamonaviy yoshlar nigohida milliy liboslar
“Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda juma kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Milliy liboslar kuni” doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida milliy liboslar sayli o‘tkazildi.
Tadbir davomida talaba-qizlar turli millatlarga mansub– qoraqalpoq, qozoq va rus xalqlarining milliy liboslarida sayilgoh tarzida filial hududida sayr qilishdi. Ular nafaqat o‘z milliy liboslarini namoyish etdilar, balki bu orqali o‘zaro do‘stlik, millatlararo hamjihatlik va madaniy xilma-xillikni aks ettirishdi.
Sayil doirasida “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti dekani xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi N.Seytova tomonidan shaklidagi ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida u milliy liboslarning tarixiy ildizlari, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, estetik va madaniy ahamiyati xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
— Milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy boylik, milliy g‘ururimiz, madaniyatimizning muhim unsurlaridan biridir. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi bu kabi tadbirlar yoshlarda o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni qadrlash hissini kuchaytiradi, — deya ta’kidladi N.Seytova.
Tadbir yakunida talaba-qizlarning liboslari orasida eng milliy, zamonaviy va badiiy did bilan uyg‘unlashtirilgan ko‘rinishlar alohida e’tirof etildi. Bunday tadbirlar filialda sog‘lom, ijodiy va ma’naviy muhitni shakllantirishga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.












Axborot xizmatiскачать dle 12.1