SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filialda call-center va maslahat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filialda call-center va maslahat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Filialda call-center va maslahat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini tezkor va samarali hal etish maqsadida Call-center xizmati hamda maslahat markazi faoliyati tashkil etildi. Mazkur xizmatlar orqali abituriyentlar hamda ularning ota-onalari hujjatlar topshirish tartibi, qabul jarayoni, kerakli hujjatlar ro‘yxati, test sinovlari, ta’lim yo‘nalishlari va boshqa dolzarb savollar yuzasidan aniq, to‘liq va bepul ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Call-center xizmatida telefon orqali murojaatlar qabul qilinib, har bir savolga tezkor va asosli javob beriladi. Maslahat markazida esa filialga tashrif buyurgan abituriyentlarga joyida individual yondashuv asosida tushuntirishlar, ko‘rsatmalar va amaliy ko‘mak taqdim etiladi. Call-center telefon raqamlari: +998 61 224-74-80 +998 61 224-73-19 +998 94 628-25-85 +998 90 658-90-07 +998 90 650-48-48 Ushbu xizmatlar barcha abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun mutlaqo bepul taqdim etilmoqda. Call-center va maslahat markazi — bu abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun ishonchli axborot manbai hamda qabul jarayonidagi eng yaqin ko‘makchidir. Agar sizda qabul tartibi bo‘yicha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, hujjat topshirish jarayonida ikkilanayotgan bo‘lsangiz yoki filial haqida to‘liq ma’lumot olishni istasangiz — Call-center va Maslahat markazigamurojaat qiling. Kelajak sari ishonchli qadamni biz bilan qo‘ying! Sifatli ta’lim va porloq kelajak Nukus filialidan boshlanadi!Axborot xizmati