ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!
Hurmatli abituriyentlar hamda ularning ota-onalari! Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari uchun sizlarning savollaringizga tezkor va aniq javob berish, shuningdek, hujjatlar topshirish tartibi bo‘yicha barcha zarur ma’lumotlarni yetkazish maqsadida Call-center xizmatimiz faoliyatga kirishdi.
📞 Call-center orqali quyidagi savollarga tezkor javob olishingiz mumkin:
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar ro‘yxati;
Qabul muddati, talablari va muhim sanalar;
O‘qish yo‘nalishlari, mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumot;
Hujjat topshirishda ko‘pincha uchraydigan xatoliklar va ularning oldini olish yo‘llari;
Imtihonlar, saralash mezonlari va test jarayoni;
Va boshqa qabul jarayoniga oid barcha savollaringiz.
🆓 Ushbu xizmat bepul taqdim etiladi va barcha abituriyentlar hamda ularning yaqinlari foydalanishlari mumkin.
📞 Biz bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlari:
+998 61 224-74-80
+998 61 224-73-19
+998 94 628-25-85
+998 90 658-90-07
+998 90 650-48-48
🕘 Ish vaqti:
Dushanbadan shanbagacha: 09:00 — 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 — 14:00
Yakshanba — dam olish kuni
🌐 Qabul jarayoni va yangiliklardan doimiy xabardor bo‘lish uchun universitetimizning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!
🟢 Call-center — Sizning savollaringizga eng tezkor va ishonchli javob!
Axborot xizmatiскачать dle 12.1