Ilmiy salohiyat yo‘lida yana bir yutuq
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ilmiy izlanishlar samarali natijalar berishda davom etmoqda. Yaqinda “Veterinariya meditsinasi va farmakologiyasi” kafedrasi doktoranti Ernazarov Daniyor Alisherovich 16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi, veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi, veterinar-sanitariya ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilib oldi.
Uning “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida uchraydigan qoramollar barmoqlararo dermatitlari (Mortellaro kasalligi) farmakoterapiyasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida chorvachilik sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklardan biri — Mortellaro kasalligini davolashning samarali usullari o‘rganilgan. Dissertatsiyada keltirilgan ilmiy yangiliklar, amaliy takliflar va ilmiy asoslangan xulosalar mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangan.
Mazkur yutuq Nukus filialining ilmiy salohiyatini yana bir pog‘onaga ko‘tardi. Ilmiy darajali kadrlar safining kengayib borayotgani, filialda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatining natijadorligini namoyon etmoqda.
Ernazarov Daniyor Alisherovichni ushbu yuksak muvaffaqiyati bilan filial jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz! Unga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yangi zafarlar, mustahkam sog‘liq va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
скачать dle 12.1