“Eng muhim bosqich” – g‘oliblar ota-onalar qarshisida tantanali taqdirlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish va ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida aprel–may oylarida “Eng muhim bosqich” shiori ostida turli sport hamda ma’naviy-ma’rifiy tanlovlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirlar nafaqat talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirdi, balki ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ota-onalar yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi. Bu esa bayramona kayfiyat baxsh etib, talaba-yoshlar uchun unutilmas lahzalarni yaratdi. G‘oliblarga diplomlar, rag‘batlantiruvchi vaucherlar va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Filial direktori A.Esimbetov kirish so‘zida tanlovlarning yoshlar ma’naviy hayotidagi o‘rni, ularni sog‘lom va faol yashashga undashdagi roli haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘ngida ota-onalar ham tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik izhor etishdi.
Bunday tadbirlar talaba-yoshlarning faolligini oshiribgina qolmay, ota-onalar ishtirokida o‘tgan taqdirlash marosimi orqali ularning mehr-muhabbatini, e’tiborini yana-da kuchaytiradi. “Eng muhim bosqich” shiori ostida tashkil etilgan har bir tashabbus esa yoshlarning hayotida nafaqat sport va ma’naviyatga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi, balki ularga ishonch va motivatsiya bag‘ishladi. Eng muhimi, bu bosqich — yoshlar hayotidagi navbatdagi yutuqlarga eltuvchi mustahkam poydevorga aylandi.












Axborot xizmati
скачать dle 12.1