Kelajak kasbini tanlashda yordam: Nukus filiali targ‘ibot ishlarida faol
Bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimi tubdan yangilanmoqda, zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va kasbga yo‘naltirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari abituriyentlarga o‘z imkoniyatlarini keng namoyon etib, ularning kelajakdagi to‘g‘ri tanlovlariga yo‘l ko‘rsatmoqda. Shu maqsadda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025–2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayonini tizimli, samarali va maqsadli tashkil etish yo‘lida targ‘ibot ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Maxsus tuzilgan targ‘ibot guruhlari hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman va shaharlari bo‘ylab umumta’lim muassasalariga tashrif buyurib, filialda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilm-fan bilan integratsiyalashgan o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qabul tartiblari haqida batafsil ma’lumot bermoqda. Xususan, filial direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Abdijaliyev, “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri P.Xojalepesov hamda shu kafedra o‘qituvchisi P.Allaniyazovlardan iborat targ‘ibot guruhi Shumanay tumanida bo‘lib, u yerdagi umumta’lim maktablarida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashrif doirasida maktab rahbarlari, pedagoglar, ota-onalar va ayniqsa bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda filialda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoniga jalb etilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o‘quv-laboratoriya xonalari, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish tizimi va talabalar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, abituriyentlarni qabul qilishning yangi tartibi, onlayn ro‘yxatdan o‘tish, test sinovlariga tayyorgarlik, imtiyozlar va kontrakt miqdorlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Mazkur targ‘ibot ishlari yoshlarning kasb tanlashda ongli qaror qabul qilishiga, ularning kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishiga katta turtki bermoqda.
скачать dle 12.1