SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Futbol birlashtiradi va rag‘batlantiradi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport sohasiga keng jalb qilish, jismoniy faollikni oshirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Direktor kubogi” mini futbol musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur sport musobaqasi filialda aprel–may oylarida o‘tkazilayotgan “Eng muhim bosqich” shiori ostidagi turli sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasidan joy oldi. Filial direktori so‘zga chiqib, musobaqani tantanali tarzda ochib berdi hamda barcha jamoalarga omad, halol va mardona o‘yin tiladi.
Musobaqada filialning turli kurs va guruhlaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etdi. Bellashuvlar jarayoni murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, har bir jamoa o‘zining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy ruhiyati va sportdagi mahoratini namoyon etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: Faxrli birinchi o‘rinni 4-kurs 411-guruh talabalaridan iborat jamoa egalladi; Ikkinchi o‘ringa 4-kurs 403-guruh jamoasi loyiq deb topildi; Uchinchi o‘rin esa 3-kurs 302-guruh talaba-yoshlariga nasib etdi. Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib jamoalarga diplom va pul mukofotlari topshiriladi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlari, sog‘lom raqobat va jamoaviy hamjihatlik ruhini namoyish eta oldilar. Mazkur musobaqa yoshlarning sportga bo‘lgan mehrini oshirdi, ularning irodasini chiniqtirdi va o‘zaro do‘stona muhitni yanada mustahkamladi.