Iqtidorli talabalar sahnada: teatr studiyalari ko‘rik-tanlovida eng yaxshilar aniqlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sahna san’atiga qiziqtirish va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Ushbu tanlov filialda aprel–may oylarida o‘tkazilayotgan “Eng muhim bosqich” shiori ostidagi turli sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida o‘rin oldi. Tanlovda teatr san’atiga qiziqadigan, sahna ijodi bilan shug‘ullanayotgan talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Ko‘rik-tanlov davomida har bir jamoa o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishini ijro qilib, aktyorlik mahorati, sahnadagi harakat uyg‘unligi, obrazni yetkazish darajasi hamda sahna madaniyati mezonlari asosida baholandi. Tomoshalarni maxsus hay’at a’zolari kuzatib bordi va har bir chiqishga xolisona yondashildi.
Natijalarga ko‘ra:
- 1-o‘rinni 2-bosqich 207-guruh talabalari egalladi. Ularning sahnadagi ijrosi yuksak bahoga sazovor bo‘ldi;
- 2-o‘rinni sahna ijodida tajriba to‘plagan 3-bosqich 304-guruh jamoasi qo‘lga kiritdi;
- 3-o‘ringa esa faol ishtiroki bilan e’tiborni tortgan 1-bosqich 101-guruh talabalari loyiq deb topildi.
Tanlov g‘oliblari tantanali taqdirlash marosimida taqdirlanadi. Tadbir esa sahna orqali talabalar o‘rtasida ijtimoiy faollikni kuchaytirish, madaniy-estetik dunyoqarashni shakllantirish va o‘z iste’dodini namoyon etishlariga keng imkoniyat yaratdi.
скачать dle 12.1