SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Halollik mezoni – yoshlar nigohida » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Bugungi islohotlar jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi nafaqat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga, balki keng jamoatchilik e’tibor markaziga aylangan. Ayniqsa, yoshlarda halollik va vijdonlilik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda ijtimoiy adolatga nisbatan daxldorlik hissini uyg‘otish orqali korrupsiyaning ildiziga qarshi barqaror immunitet shakllantirish dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 13-maydagi 175-son buyrug‘i asosida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovi tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbus yoshlarda huquqiy ong va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashda ularning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur tanlov doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham talabalar o‘rtasida mazmunan chuqur, g‘oyaviy jihatdan boy, dolzarb mavzuni yorituvchi tanlov o‘tkazildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev ochib berar ekan, tanlovning ahamiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida yoshlarning faolligi naqadar muhim ekani haqida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z so‘zida bugungi talaba – ertangi kunning halol mutaxassisi, jamiyatning ishonchli tayanchi bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish – komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Smaylov ham so‘zga chiqib, bunday tanlovlar yoshlar orasida halollik va mas’uliyatlilik tamoyillarini chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi. U korrupsiya faqat qonunni emas, balki jamiyatning ma’naviy poydevorini ham yemirishini, unga qarshi kurashish esa har bir fuqaroning, ayniqsa yoshlarning burchi ekanini ta’kidladi. Tanlov davomida talaba-yoshlar o‘z fikrlari, qarashlari, ma’naviy qarorlarini aniq va lo‘nda ifodalagan esselar bilan ishtirok etdilar. Ularda korrupsiyaga nisbatan qat’iy munosabat, halollikni e’zozlash va adolatli jamiyat qurishga daxldorlik ruhiyati yaqqol sezildi. Ijodiy yondashilgan, hayotiy misollar va huquqiy bilimlarga boy ishlanmalar hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblar filialning rasmiy Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.