SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“English Club” talabalarni bilim sari yetaklamoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “English Club” talabalarni bilim sari yetaklamoqda
“English Club” talabalarni bilim sari yetaklamoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlarning xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nutq madaniyati va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “English Club” to‘garagi faoliyati tashkil etilgan.
Mazkur to‘garakka kafedra o‘qituvchisi D.Matkarimova rahbarlik qilmoqda. U o‘zining ilg‘or metodik yondashuvi orqali mashg‘ulotlarni interaktiv tarzda olib borayotgani bilan ajralib turadi. Har bir dars jarayonida talabalar erkin fikrlash, o‘z nuqtai nazarini ingliz tilida bayon etish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Yaqinda o‘tkazilgan “English Explorers” mavzusidagi mashg‘ulot talabalarda katta taassurot qoldirdi. Unda ishtirokchilar ingliz tilida erkin muloqot qilish bilan birga, turli mavzularda fikr almashdi. Mashg‘ulot doirasida tashkil etilgan “Jeopardy” intellektual o‘yini esa bilim va tafakkur sinoviga aylandi.
Talabalar guruhlar shaklida savollarga javob berib, o‘z bilimi va ijodiy yondashuvini namoyon etdi. Bunday to‘garaklar talaba-yoshlarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan rag‘batini oshirib, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘z ustida ishlash, mustaqil fikrlash va zamonaviy bilimlarni egallashda mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.
– Har bir mashg‘ulot – bu yangi imkoniyat. Talabalar ingliz tilini o‘rganishda tobora faolroq bo‘lib bormoqda–deydi kafedra o‘qituvchisi D.Matkarimova. Axborot xizmati скачать dle 12.1