Talabalar voleybolda bellashdi.
Talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va sport orqali ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida filialda yana bir muhim sport musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘tkazilgan “Direktor kubogi” voleybol musobaqasi o‘g‘il bolalar o‘rtasida katta qiziqish va murosasiz bahslarga boy tarzda tashkil etildi.
Musobaqa “Eng muhim bosqich” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida o‘rin oldi va yoshlar orasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va g‘alabaga intilish kabi qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qildi. Musobaqa davomida har bir jamoa g‘alaba uchun jonbozlik ko‘rsatib, sport maydonida chinakam professional darajada o‘yin namoyish etdi. O‘yinlar qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi, bu esa tomoshabinlarda kuchli taassurot qoldirdi. Bellashuvlar davomida bahslarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida hakamlik vazifasini Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini E.Seytmuratov hamda “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Q.Urazbaev olib bordilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – 303-guruh jamoasiga,
2-o‘rin – 301-guruh jamoasiga,
3-o‘rin – 402-guruh jamoasiga nasib etdi.
Yakuniy marosimda g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Eng muhimi, bunday tadbirlar talabalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sport orqali o‘zini namoyon qilish imkonini yaratmoqda. "Direktor kubogi" musobaqasi – bu faqat sport emas, balki bir jamoa bo‘lib harakat qilish, strategik fikrlash va g‘alabaga intilish ruhi tarbiyalanuvchi muhim platformadir. Musobaqa orqali ishtirokchilar nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham o‘z ustida ishlash zarurligini his etishdi.
скачать dle 12.1