Mini futbol musobaqasi o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan xodimlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha filial birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Unda jami 7 ta jamoa ishtirok etdi. O‘yinlar belgilangan reglament asosida o‘tkazildi. Natijalar hakamlar hay’ati tomonidan umumlashtirildi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – “Alpomishlar” jamoasi (filial rahbariyati vakillaridan tashkil topgan)
2-o‘rin – “United” jamoasi (dekanat xodimlaridan iborat),
3-o‘rin – “Veterinarlar” jamoasi (Veterinariya meditsinasi va farmakologiya kafedrasi jamoasi) egalladi.
G‘olib jamoalarga filial direktori A.Esimbetov tomonidan kubok va sovg‘alar topshirildi.
скачать dle 12.1