Sayohat ruhini yoritgan manzil - Mizdaxkan
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talabalari uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni vatanimiz tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Ana shunday tashabbus doirasida “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti 2-kurs 203-guruh talabalari ishtirokida Xo‘jayli tumanida joylashgan, qadimiy tarixga ega bo‘lgan Mizdaxkan arxeologik majmuasiga sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat davomida talabalar O‘zbekiston hududidagi eng qadimiy mozorlar majmualaridan biri sanalgan Mizdaxkan yodgorligi, undagi afsonaviy yerosti yo‘llari, maqbaralar, qabriston va boshqa tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishishdi.
Fakultet dekani o‘rinbosari E.Seytmuratov ushbu tashrif haqida quyidagilarni ta’kidladi:
— Bugungi kunda yoshlarimizning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Mizdaxkan — bu nafaqat me’moriy obidalar to‘plami, balki yurtimizning boy o‘tmishidan hikoya qiluvchi bebaho tarixiy xazinadir. Talabalarimizning ushbu maskanga qilgan sayohati ular dunyoqarashini kengaytirishga, o‘z ildizlariga hurmat bilan qarashga xizmat qiladi.
Mazkur tashrif talabalarda katta taassurot qoldirdi. Ular tarixiy obidalar, milliy qadriyatlarimiz haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1