“Eng muhim bosqich”: Shaxmat va shashka bahslarida g‘oliblar aniqlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va sog‘lom raqobat muhitida kamol toptirish maqsadida aprel–may oylarida “Eng muhim bosqich” shiori ostida bir qator sport hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida o‘tkazilgan shaxmat va shashka musobaqalari ham talabalarning yuqori faolligi bilan o‘tdi. Aqliy salohiyat, strategik fikrlash, sabr-toqat va sinchkovlikni talab qiladigan ushbu intellektual o‘yinlar nafaqat g‘oliblik uchun kurash, balki o‘zaro hurmat, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qildi.
♟ Shaxmat musobaqasi natijalari:
1.1-o‘rin – X.Jarlikaganov (4-bosqich, 402-guruh)
2.2-o‘rin – X.Rahimov (4-bosqich, 407-guruh)
3.3-o‘rin – O.Ergashaliyev (4-bosqich, 406-guruh)
♟ Shashka musobaqasi natijalari:
1.1-o‘rin – I.Baxtiyorov (1-bosqich, 102-guruh)
2.2-o‘rin – S.Uzaqbergenov (1-bosqich, 110-guruh)
3.3-o‘rin – S.Qaljanbayev (3-bosqich, 306-guruh)
Shu kabi tadbirlar orqali talaba-yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani, ularning intellektual va ma’naviy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani yaqqol sezilmoqda. Filialda “Eng muhim bosqich” shiori ostida o‘tkazilayotgan har bir tashabbus yoshlar hayotini yanada boyitishga, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga undashga xizmat qilmoqda.











скачать dle 12.1