SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Eng muhim bosqich” – Zakovatda g‘oliblar aniqlandi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Eng muhim bosqich” – Zakovatda g‘oliblar aniqlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va ommaviy sportga keng jalb qilish, shuningdek sog‘lom, erkin va ijodiy muhit yaratish maqsadida aprel–may oylarida “Eng muhim bosqich” shiori ostida turli sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini talaba-yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Aql va tafakkur bellashuvida jami 25 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlov davomida qatnashchilar mantiqiy savollarga javob topishda zukkolik va bilimdonliklarini namoyon etdilar. O‘yin jarayoni ishtirokchilarda intellektual faollik, jamoaviylik va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. O‘yin yakunida 3-bosqich 304-guruhining zukko va latofatli talaba-qizlaridan tashkil topgan “Sawkele” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin esa 3-bosqich 306-guruh talabalari ishtirokidagi “Jayhun” jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘ringa 3-bosqich 307-guruh vakillaridan iborat “Forever” jamoasi loyiq deb topildi. Mazkur tadbir talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va do‘stona muhitda musobaqalashish orqali ular orasida sog‘lom raqobat ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. “Zakovat” intellektual o‘yini doirasida g‘olib bo‘lgan barcha jamoalarni chin dildan tabriklaymiz va ularga kelgusi intellektual bellashuvlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!Axborot xizmati