Adabiyot osmonining ikki yulduzi yod etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy adabiyotimizning zabardast namoyandalari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 6 may kuni bo‘lib o‘tgan ushbu adabiy uchrashuv O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hamda O‘zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida mazkur ikki ulug‘ ijodkor – qoraqalpoq adabiyotining durdona vakillari, milliy so‘z san’atining ustozlari bo‘lgan ijodkorlarning hayoti, boy merosi va adabiy-madaniy faoliyati keng yoritildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida xalqimizning bebaho ma’naviy mulkiga aylangan adiblar ijodi bugungi yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir R.O‘tarbaev ishtirok etib, adiblar bilan bog‘liq xotiralar, ularning hayotiy qarashlari, she’riyatdagi o‘ziga xos uslubi va xalq qalbidan joy olgan asarlari haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenovning eng sara she’rlari badiiy ijro etildi, adiblarning asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Ularning asarlaridagi vatanparvarlik, xalqparvarlik, insoniylik va milliy g‘urur g‘oyalari bugungi yoshlar qalbida chuqur taassurot uyg‘otdi. Tadbir davomida Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenovning chuqur mazmunli, xalq ruhiyatini ifoda etgan asarlari orqali yoshlar adabiyotga, milliy g‘oyaga va ma’naviy merosga bo‘lgan hurmatini yana-da oshirdi.
скачать dle 12.1