“Eng muhim bosqich” doirasida o‘tkazilgan “Kitobxon talaba” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va ommaviy sportga keng jalb qilish, shuningdek, sog‘lom, erkin va ijodiy muhit yaratish maqsadida aprel–may oylarida “Eng muhim bosqich” shiori ostida turli sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan “Kitobxon talaba” tanlovi ham yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan muhabbatni yanada oshirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda ularning fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qildi. Tadbirni Axborot-resurs markazi rahbari Z.Erlepesova ochib berdi.
Tanlovda talabalar ikki shart asosida bellashib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etdilar.
Natijalarga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rin 204-guruh 2-bosqich talabasi P.Jumanovaga nasib etdi. Ikkinchi o‘ringa 207-guruh 2-bosqich talabasi N.Qalandarova sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rin esa 207-guruh 2-bosqich talabasi G.Charchanova tomonidan egallandi.
Bundan tashqari, tanlovda alohida faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:
– 201-guruh 2-bosqich talabasi D.Xojabayev – “Eng zukko kitobxon”,
– 304-guruh 3-bosqich talabasi A.Abdiniyozova – “Eng bilimdon kitobxon”,
301-guruh 3-kurs talabasi Z.Omorova - "Eng ta’sirli bayon etgan talaba."
Tanlov g‘oliblari filialda o‘tkaziladigan tantanali taqdirlash marosimida esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Mazkur tadbirlar orqali yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, intellektual salohiyatni yuksaltirish va ma’naviy muhitni boyitish yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda.






Axborot xizmatiскачать dle 12.1