“Direktor kubogi” musobaqasi: yoshlar kurash maydonida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi
Samarqand davlat veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va ommaviy sportga keng jalb qilish, shuningdek, filialda sog‘lom, erkin va ijodiy muhit yaratish maqsadida aprel–may oylarida “Eng muhim bosqich” shiori ostida turli sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida bugun, ya’ni 2-may kuni O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi sport bazasida “Direktor kubogi” asosida kurash musobaqasi tashkil etildi. Musobaqaning ochilish marosimida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.
Musobaqada 40 nafarga yaqin talaba-yoshlar turli vazn toifalarida bahs olib bordilar. Quvonarlisi, talabalarning har biri yuksak g‘ayrat va sportga bo‘lgan muhabbat bilan gilamga chiqdi.
G‘olib va sovrindorlar:
60 kg vazn toifasi:
1-o‘rin – A.Yusupov (302-guruh)
2-o‘rin – I.Qodirov
3-o‘rin – B.Yo‘ldoshev
66 kg vazn toifasi:
1-o‘rin – Sh.Yaxshiboyev (406-guruh)
2-o‘rin – D.Tilovboyev (107-guruh)
3-o‘rin – R.Sbaev
73 kg vazn toifasi:
1-o‘rin – O.Normaxmatov (309-guruh)
2-o‘rin – T.Qurbonboyev (403-guruh)
3-o‘rin – A.Turdiboyev (206-guruh)
81 kg vazn toifasi:
1-o‘rin – I.Qosiboyev (404-guruh)
2-o‘rin – A.Xoldarov (302-guruh)
3-o‘rin – U.Xudayarov (302-guruh)
+90 kg vazn toifasi:
1-o‘rin – A.Radjapov (403-guruh)
2-o‘rin – A. Aytboyev (107-guruh)
3-o‘rin – K.Maksimov (304-guruh)
Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindor talabalar “Eng muhim bosqich” dasturi doirasidagi tantanali taqdirlash marosimida esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan mukofotlanadi.
Mazkur sport musobaqasi talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va sport ruhini kuchaytirish, ularni jismonan chiniqtirishga xizmat qilmoqda.
скачать dle 12.1