Hurmatli kasb egalarimiz – veterinariya sohasi fidoyilari!
Hurmatli kasb egalarimiz – veterinariya sohasi fidoyilari!
Muhtaram ustozlar, aziz hamkasblar va yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar!
Har yili aprel oyining so‘nggi shanbasida nishonlanadigan Butunjahon veterinariya kuni barchamiz uchun nafaqat bayram, balki yuksak mas’uliyat va xalq xizmatidagi fidoyilikni yana bir bor anglash kunidir. Shu munosabat bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etaman!
Bugun biz jamiyat hayotida muhim o‘rin tutuvchi, inson va tabiat o‘rtasidagi sog‘lom muvozanatni saqlovchi bir soha – veterinariyaning yutuqlari, yuksak ilmiy yondashuvlari va dolzarb ahamiyatiga guvoh bo‘lib turibmiz. Veterinariya — bu faqat kasb emas, bu – hayot tarzidir. Chunki sizlar har bir hayvon salomatligi ortida jamiyat salomatligini, har bir tekshiruv orqali oziq-ovqat xavfsizligini, har bir tadqiqot orqali esa ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdasiz.
Shu o‘rinda, xalqimiz sog‘lig‘ini asrash, mamlakatimiz chorvachilik salohiyatini mustahkamlash hamda ilm-fanga asoslangan yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etishda mehnat qilayotgan barcha soha vakillariga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Nukus filialida tahsil olayotgan yoshlarimizga esa bir so‘z: Sizlar nafaqat bilim olayapsiz, balki bu ulug‘ kasbga sadoqatli bo‘lish, uni qalbdan his etish madaniyatini o‘rganayapsiz. Kelajakda aynan sizlar bu sohaga yangilik, yuksak yutuqlar va xalqaro tan olingan muvaffaqiyatlarni olib kirasiz, ishonamiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar! Sog‘lom jamiyat sari qo‘shayotgan hissangiz barakali bo‘lsin!
Hurmat bilan,
SamDVMChBU Nukus filiali direktori, professor A.Esimbetov
скачать dle 12.1