“Munozara–debat” intellektual o‘yini g‘olibligi filial talabalariga nasib etdi
Bugun “Talabalar bahori” festivali doirasida yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Munozara–debat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda respublikaning yetakchi universitet va institutlaridan tashrif buyurgan 7 ta jamoa ishtirok etdi.
Bahs va munozaralarga boy, intellektual darajasi yuqori tarzda o‘tgan ushbu musobaqada Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining iqtidorli talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alaba – yoshlarda mantiqiy fikrlash, mustaqil mulohaza yuritish, o‘z nuqtayi nazarini ishonchli himoya qilish kabi muhim ko‘nikmalarning shakllanganidan dalolat beradi. Ayniqsa, filial talabalari tomonidan namoyon etilgan bilim, dunyoqarash va nutq madaniyati hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Filial talabalarining bu kabi yutuqlari nafaqat muassasa obro‘sini oshiradi, balki yoshlarni yanada faol va izlanishga chanqoqligini namoyon etadi.
G‘olib jamoa a’zolarini chin yurakdan muborakbod etamiz va ularga kelgusida ham yuksak zafarlar tilaymiz!
скачать dle 12.1