"Talabalar bahori" festivali doirasida tarixiy sayohat tashkil etildi
Yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini kengaytirish, ularni milliy qadriyatlar va tarixiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ana shu maqsadni ko‘zlagan holda, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talaba-yoshlari uchun “Talabalar bahori” festivali doirasida madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat Xo‘jayli tumanida joylashgan Mizdaxkan arxeologik majmuasiga sayohat tashkil etildi. Ushbu tarixiy maskan nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyo tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Sayohat davomida talabalar majmua hududidagi qadimiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, qabristonlar va afsonalarga boy manzillar bilan yaqindan tanishdilar. Ularga mazkur maskanning tarixiy ahamiyati, arxeologik tadqiqotlar natijalari va bu yerdagi madaniy qatlamlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarda tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. “Talabalar bahori” festivali doirasida o‘tkazilgan bu kabi tadbirlar yoshlarning nafaqat bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga, balki ularning tarixiy ongini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bu kabi sayohatlarning doimiy ravishda tashkil etilishi kerakligini ta’kidladilar.





Axborot xizmatiскачать dle 12.1