Taxiatosh tumanida yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida «Quyonchilik» sohasi bo‘yicha maxsus seminar tashkil etildi. Tadbirda, sohaning rivojlanishiga hissa qo‘shish uchun tajribali mutaxassislar va Samarqand davlat veterinariya meditsinası, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali “Zooinjeneriya” kafedrasining professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, quyonchilikning sirlari, go‘shtning foydasi va biznes reja tuzish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qishdi.Seminarda, ishtirokchilarga quyon boqishning samarali usullari, uning go‘sht mahsuloti va uni tijoratlashtirishda qanday foydali imkoniyatlar yaratish mumkinligi haqida keng qamrovli taqdimotlar berildi. Shuningdek, quyonchilikni kichik biznes sifatida rivojlantirish uchun qanday biznes reja tuzish kerakligi haqida ham muhim maslahatlar berildi.Yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni quyonchilik sohasiga jalb qilish maqsadida, hududdagi ishsiz 30 nafar yoshga subsidiya asosida 330 bosh zotdor quyon topshirildi. Har bir ishtirokchiga 11 bosh quyon berilibgina qolmay, ularga maxsus kataklar ham taqdim etildi. Bundan tashqari, quyonlarning yaxshi o‘sishi uchun 1 oylik ozuqa mahsulotlari bilan ham ta’minlanishdi.
—Seminardan olgan tasirlarim shundaki, quyonchilik sohasining yoshlar o‘rtasida rivojlanishi va bandlikni ta’minlashdagi ahamiyati katta. Tadbirda quyon boqishning samarali usullari va uning iqtisodiy foydalari haqida olingan bilimlar, aslida kichik biznesni boshlash uchun imkoniyat yaratish bilan birga, ekologik jihatdan ham foydalidir —deydi kafedra mudiri X.Mamatov. Shuningdek, seminar davomida yoshlar o‘zlarini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyatlarga ega ekanliklarini anglab yetishdi. Bu kabi seminarlar yoshlarning tashabbuskorligini oshiradi va ularga yangi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishga yordam beradi.
Mazkur tadbir yoshlar orasida quyonchilik sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni o‘z biznesini boshlashga ilhomlantirish, hamda hududdagi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga katta turtki bo‘ldi. Yoshlarning o‘zlarini band qilish, shuningdek, tuman iqtisodiyotiga foyda keltiradigan kichik biznes loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan bu tashabbusni davom ettirishda muhim o‘rin tutadi.